Italiya farmatsevtika kompaniyasi vakili Agentlikda
Italiya farmatsevtika kompaniyasi vakili Agentlikda
Italiyaning “IBSA Group” kompaniyasi sobiq biznes rivojlantirish menedjeri - Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi Kengashi a’zosi bilan bo‘lgan uchrashuv avvalida agentlik direktori Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati haqida maʼlumot berib, yurtimizda investitsion loyihalarini amalga oshirishda mazkur kompaniyaga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishga tayyorligini maʼlum qildi.
“IBSA Group” kompaniyasining sobiq biznes rivojlantirish menedjeri Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi Kengashi a’zosi Marko Farchi farmatsevt kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda “Universita Sapienza di Roma” universiteti fakultetini tashkil qilish, talabalar almashinuvi dasturlari va amaliyotlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish taklifini berdi.
Marko Farchining O‘zbekiston Respublikasidagi Italiya kompaniyalari Kengashi a’zosi ekanini hisobga olgan holda Italiyaning farmmahsulotlar ishlab chiqaruvchi istiqbolli kompaniyalari (A. Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite SRL, Italfarmaco SpA in Italy, Chemi SpA, Chiesi Farmaceutici va boshqalar) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahalliylashtirish bo‘yicha tashabbuslarni muhokama qilish uchun bu kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatishda amaliy yordam so‘raldi.
Maʼlumot uchun: IBSA GROUP — IBSA (Institut Biochimique SA) — 1945-yilda Luganoda asos solingan shveysar transmilliy farmatsevtik kompaniyasidir. IBSA 10 terapevtik guruh: reproduktiv tibbiyot, endokrinologiya, og‘riq va yallig‘lanish, suyak-bo‘g‘inlar, estetik tibbiyot, dermatologiya, uroginekologiya, kardiometabolik, respirator tibbiyot kabilarni qamrab oluvchi mahsulotlar portfelini o‘z ichiga oladi.
Aynan IBSA GROUP jahonning reproduktiv salomatlik bo‘yicha eng yirik operatorlaridan hamda gialuron kislota asosida mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan sanaladi. 90 dan ziyod mamlakatda ishlovchi IBSA Yevropa, Xitoy va AQSHda 18 ta shoʻba kompaniyalarga ega.