«KIHE – 2022»da ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegetsiyasi “ENG YAXSHI DEBYUT” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlandi
Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Olma-ota shahar hokimligi, Olma-ota shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Milliy tibbiyot birlashmasi va Yevroosiyo tibbiyot birlashmasi rasmiy ko‘magida har yili tashkil qilinadigan “KIHE – Qozog‘iston sog‘liqni saqlash xalqaro ko‘rgazmasi” Olma-ota shahrida qizg‘in davom etmoqda.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi stendida "Optima gloves”,“Quality pharm”, “Rossa”, “XPmed medical", "Dentafill Plyus", Jurabek Laboratories” QK, "Nika Pharm", “BP Pharma”, "Chori plast", “Zamona Rano”, “Serene healthcare” QK korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari o‘rin egallagan.
"Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 12 aprel sanasida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yurtimizda ishlab chiqariladigan, import o‘rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini ko‘paytirish, qolaversa, yil yakunigacha bunday mahsulotlar eksportini 150 million dollarga yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi" - deydi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov.
- Ayni kunlarda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan “KIHE-2022” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi davlatimiz rahbari tomonidan eksport maslasida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiznining "Made in Uzbekistan" brendi ostida o‘z mahsulotlarni yangi bozorlarga olib kirish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun keng imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi."
Taʼkidlash joiz, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan 10 mamlakat orasida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib eʼtirof etilib, tashkilotchilar tomonidan “ENG YAXSHI DEBYUT” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati