Konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Sangji” JV konsorsiumi (Koreya) va “TOSHKENT PHARMA PARK” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri o‘rtasida klasterning o‘quv va ilmiy komponentlarini yaratish loyihasi yuzasidan konsalting xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Loyihaning 1-bosqichi doirasida “Sangji” JV besh oy muddatda universitet, Data-markaz va sport majmuasi uchun batafsil loyiha va tender hujjatlarini ishlab chiqadi va ushbu ob’yektlar qurilishini nazorat qilishi belgilangan.
▶️Tanlovdan o‘tmagan tender ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumot yoki tushuntirish uchun quyidagi telefon raqamiga yoki pochta orqali bog‘lanishlari mumkin:
telefon: +998 71 203 27 77
E-mail: tashkentpharmapark@umail.uz