Koreya Eksimbankining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi (EDCF) departamenti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreya Eksimbankining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi (EDCF) departamenti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2023-yil 3-noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, EDCF departamenti direktori Lee Joo-Hung, Koreya Eksimbankining Toshkent vakolatxonasi direktori Yoo Jae Hyung hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-tadqiqot va o‘quv komponentlarini tashkil etish” loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar doirasida, Agentlik direktori “Tashkent Pharma Park” loyihasi bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar erishilishi kerak bo‘lgan maqsadlarni oydinlashtirib, bu borada amaliy natijalarga erishish uchun har ikki tomon hamkorlikni yanada uzviylashtirishi zarurligini ta’kidladi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida Farmatsevtika texnik universiteti, sport majmuasi hamda AKT markazini tashkil etish bo‘yicha batafsil loyihalash uchun konsultantlarni tanlash ishlarini jadallashtirish, joriy yil yakuniga qadar mazkur konsultantlar bilan shartnoma imzolash hamda kelgusi yilda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.