O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarqatma materiallar (bukletlar) ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlari”ning beshinchi yo‘nalishi ijrosi yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Farmatsevtika sohasida aholining hamda soha xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sohada xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tayyorlangan tarqatma materiallar (bukletlar) tarmoq rahbarlari va xodimlari orasida keng targ‘ibot qilingan holda tarqatildi.

Ushbu tarqatma materiallari (bukletlar) agentlik tizimining barcha ishchi xodimlari ish joylariga aholi va boshqa tashrif buyuruvchilarga yaqqol ko‘rinib turadigan joylarga joylashtirilishi va ularning but holda saqlash yuzasidan maʼsullarga alohida ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan eʼlon qilingan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi 67 ball bilan 24 ta davlat tashkiloti orasida 5 o‘rinda qayd etilgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech