O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari va farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-sonli «2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-sonli «Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini ijro etish yuzasidan Sizdan, korxonangizda “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) hamda “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti” (GDP) milliy talablari joriy etilganligi holatini aniqlash buyicha audit o‘tkazilishi yuzasidan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech