O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Malayziya menedjment va fan universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9 avgust sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida yurtimizga tashrif buyurgan Malayziya menedjment va fan universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agentlik va Malayziya universiteti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda yangi taʼlim loyihalarini yaratish, ilg‘or tadqiqot usullari va klinik sinovlarni tahlil kilib, amaliyotga joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda avvalida, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev, malayziyalik mutaxassislarni O‘zbekistonda soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri va uning tarkibida barpo etilayotgan zamonaviy infratizim haqida gapirdi.

O‘z so‘zini davom ettirarkan Sardor Kariyev “hozirgi kunda sohaga nafaqat dorixonalarda, balki farmatsevtik faoliyatning boshqa turlarida ham erkin ishlay oladigan yuqori salohiyatli kadrlar kerak”ligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Farmatsevtika texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdumalik Jumanov mehmonlarga Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ishga tushadigan Farmatsevtika texnik universiteti to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

Uchrashuvda Malayziya menedjment va fan universiteti prezidenti janob Moxd Shukri Ab Yajid Agentlikda tashkil qilingan ushrashuv uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirib, klaster haqida samimiy fikrlarini bildirdi. Jumladan u, ilmiy-tadqiqot markazi, o‘quv kismi, boshqaruv, klinik sinovlar va ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladigan “Tashkent Pharma Park” klasterini “bir tom ostidagi besh komponent” deb atadi va ushbu innovatsion g‘oyaning amalga oshirilishi yaqin kelajakda yuksak natija berishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga, shuningdek, hamkorlikni kengaytirish nuqtai nazaridan doimiy asosda axborot almashishga kelishib oldilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech