O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Minsk shahrida «Zdravooxraneniye Belarusi» xalqaro tibbiyot forumi davom etmoqda

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Minsk shahrida «Zdravooxraneniye Belarusi» xalqaro tibbiyot forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Forumda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekiston farmatsevtikasi sohasining ishbilarmonlari faol qatnashmoqda. Jumladan, tadbirkorlarimiz forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Forumning ikkinchi kunida, Agentlik vakillari hamda mamlakatimizning ishlab chiqarish vakillari Belorusiyaning “Belmedpreparati”korxonasiga tashrif buyurishdi.

Korxona bosh direktori Sergey Belyayev o‘zbekistonlik mehmonlarni yangi ishlab chiqarish liniyasi hamda  jahon hamjamiyati tomonidan samaradorligi eʼtirof etilayotgan va Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech