O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Misrning “SOLYPHAR” kompaniyasi Toshkent viloyatida farmatsevtik korxona bunyod etadi

Joriy yilning 23 fevral sanasida, poytaxtimizda Misrning “SOLYPHAR” kompaniyasi bilan “Tabletkalar, qattiq jelatinli kapsulalar va dozalangan kukunlar shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu kelishuvga binoan, Toshkent viloyat hokimining tegishli qarori bilan, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasidan “SOLYPHAR” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan loyiha uchun 8 gektar yer ajratildi. Yangi korxona Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMR talablariga javob beradi.

Mazkur loyiha 2021-2024 yillarda uch bosqichda amalga oshiriladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 500 million dona tabletka, 200 million dona kapsula va 10 million dona sasheni tashkil etib, jami, 120 dan ortiq dori turlari ishlab chiqariladi.

“Bo‘stonliq-farm” hudida barpo etiladigan yangi korxona qiymati 20 million dollardan iborat bo‘lib, 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech