O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Namangan viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi Madaniyat saroyida  Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inomov ishtirokida Sog‘liqni Saqlash tizimi xodimlari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida viloyatdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarining ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Uchrashuvdan so‘ng Namangan viloyatidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

"SPRING PHARMACEUTIC" 45 turdagi dori vositalari va 35 turdagi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi korxona.  Korxona  2019 yil ishga tushirilgan va 150 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Bugungi kunda korxona GMP sertifikatini olish uchun ariza topshirgan.

"NAMANGAN PHARM PLANT" korxonasi 2015 yilda ishga tushirilgan. Import o‘rnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxona. 36 xil turdagi dori vositalari ishlab chiqariladi. 100 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Bugungi kunda korxona GMP sertifikatini olish uchun ariza topshirgan. Namangan viloyatida jami 10 ta dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda faoliyat yuritmoqda.  So‘ng, "AHSIKENT SOF SANOAT"  tibbiy qo‘lqoplar ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurildi.  Ushbu korxona 2019 yilga ishga tushirilgan bo‘lib,  90 ta ish o‘rinlari yaratilgan. 1 oyda 2 mln dona tibbiy qo‘lqoplar, yiliga esa  24-25 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi.  Belorusiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlariga eksport qilgan. Bugungi kunda korxona o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan.

Hududlarda farmasevtika tarmog‘iga ilg‘or ilmiy-texnika va innovatsiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarilayotgan farmasevtika mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko‘paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech