O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nima uchun shifokorlar aynan oq xalat qiyadilar? Xalat so‘zining maʼnosi nimani anglatadi?

Oq xalat kiygan odamni ko‘rganimizda, biz darhol tibbiyot muassasasi xodimi bilan muomala qilayotganimizni anglaymiz. Tibbiyot xodimlari nega oq xalat kiyishini bilasizmi? Ushbu maxsus ust kiyim paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmaganligini bilasizmi?

Atrofdagi hamma biladiki, ko‘plab kasblarning o‘ziga xos maxsus ust kiyimi bor: tibbiyot xodimlarida, dengizchilarda, temir yo‘l ishchilarida, harbiylarda. Hozirda shifoxona va poliklinika ishchilarini oq xalatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bugungi kunda ranglar va modellarda turli xil farqlar mavjud, ammo faqat oq xalat, ongli ravishda, bizda ishonch tug‘diradi - bu shifokor - u yordam beradi.

Qiziqarli tomoni shundaki, “xalat” so‘zi arab tilidagi  “hil at” so‘zlar birikmasidan olingan bo‘lib, “sharafli libos” degan maʼnoni anglatadi.

Tarixga kichik sayohat

Oq xalatlar haqidagi ilk maʼlumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. Ilgari, tibbiy yordam ko‘rsatadigan barcha shifokorlar va ularning yordamchilari oddiy matodan yoki rezinadan fartuk kiyib yurishgan. Kerak bo‘lganda qo‘lqop kiyishgan. Hozirga qadar shifokorlarni kiyimi orqali emas, balki qilgan ishlari orqali tanishgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida, yaʼni 60-yillarda Angliyaning Glazgo shahrida istiqomat qiluvchi jarroh-gigiyenisti Jozef Lister antiseptika nazariyasini ishlab chiqa boshladi va keyinchalik u tibbiyot hamjamiyati tomonidan tan olindi. Yaralarni davolashda u karbol kislotasini ishlata boshladi va bir yo‘la oq xalatlar antiseptik xususiyatlarga ega degan nazariyani ishlab chiqdi. Aynan shu vaqtdan boshlab oq xalatlar davri boshlandi.

Bu nazariya atrofida juda ko‘p tortishuvlar bo‘lgan, ammo 1918-1919 yillarda Yevropada “ispan grippi” avj olib, o‘n millionlab odamlar halok bo‘lganida, oq xalatlar tibbiyot xodimlarining o‘ziga xos belgisiga aylandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech