O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Onlayn muloqot

2024 yil 20 mart kuni ko‘p tarmoqli va boshqa dorixonalarning mutassadi xodimlari bilan Zoom platformasi orqali navbatdagi “Zarur amaliyotlar qoidalarini joriy etishdagi muammolar yechimi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Agentlik rahbari A.Azizov hamda GPP sertifikatini taqdim etuvchi vakolatli ishchi organ bo‘lgan “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori A.Dusmatov ishtirok etdi. Dorixona mutassaddilari tomonidan ko‘tarilgan muammo va savollarga tushuntirishlar berildi.

Hurmatli dorixona va ulgurji savdo tashkilotlar mutasaddi xodimlari, mavzuga oid savollaringizga "Zarur amaliyotlar markazi"ning расмий веб-сайти (http://www.uzpharm-gxp.uz/) orqali ham javob olishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech