Ostona shahrida Qozog‘iston-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
7 avgust kuni Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi
arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 300 dan ortiq vakillari ishtirokida qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Forumda
ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va mintaqaviy ma’muriyatlari rahbarlari, shuningdek, farmatsevtika
tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
Forumda, portfeli avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, kimyo sanoati va logistika kabi sohalarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shma
loyihalar muhokama qilindi va umumiy qiymati 5 milliard AQSH dollariga teng yangi kelishuvlar to‘plami shakllantirildi.
Forum doirasida, B2B va G2B formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari bo‘lajak hamkorlik istiqbollarini
va sheriklikning amaliy jihatlarini batafsil muhokama qildi.
Shuningdek, Qozog‘istonning “KAZ AMT” QK va O‘zbekistonning “Estess Atramatik Steril Jarrohlik Iplari” MCHJ hamda, Qozog‘istonning
“Dolche” MCHJ va O‘zbekistonning “Medprotekt Teknolodji” MCHJ korxonalari o‘rtasida anglashuv memorandumi izmolandi.