O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ozarbayjonning “Reveri” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning eksport salohiyatini e’tirof etdi

Ozarbayjonning “Reveri” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning eksport salohiyatini e’tirof etdi

O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida ko‘plab ilg‘or investitsiya loyihalari amalga oshirib kelmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari 12 oktyabr kuni Ozarbayjonning “Reveri” investision kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Agentlik direktori Ulug‘bek Egamov yig‘ilish ishtirokchilarini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati bilan tanishtirib, O‘zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar, Farm EIZ va Farm klasterda investisiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi.

Ozarbayjonning “Reveri“ kompaniyasi investision direktori Orxan Jabbarov o‘zaro hamkorlikdan ko‘zlangan maqsadlar, kompaniyaning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqishlari, ayniqsa mamlakatimizning Markaziy Osiyoda geografik jihatdan joylashgan o‘rni qo‘shni davlatlarga eksport qilishda qulayligini alohida e’tirof etdi.

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasi Parkent-Farm EIZ hududida joylashgan MCHJ “ZUMA PHARMA”, MCHJ “YUMA BIO” QK, MCHJ “MAGNIT GRAND FARM”, hamda Toshkent shahrida joylashgan MCHJ “DENTAFILL PLYUS” XK korxonalarining ishlab chiqarish jarayonini va “Tashkent Pharma Park“ farmatsevtika klasteri hududi, shart va imtiyozlarini o‘rganib chiqdi.

Shuningdek, tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qilishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech