O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumi

Bugun, Anxor lokomativ ko‘rgazma markazida O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumi ochilish marosimi bo‘ldi.

Unda, ikki tarafdan vazirlar, hukumat a’zolari bilan bir qatorda, Afg‘onistondan kelgan 75 kompaniyaning 250 dan 

ortiq tadbirkorlari to‘qimachilik, tog‘-kon sanoati, logistika, oziq-ovqat va farmatsevtika yo‘nalishlarida o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Forumda, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov soha yo‘nalishidagi korxonalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Biznes forum 3-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi va unda 1000 ortiq tadbirkorlar ishtiroki kutilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech