О‘zbekiston Farmasevtika sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.
О‘zbekiston Farmasevtika sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov boshchiligidagi ishchi guruhi Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Safar davomida Koreyaning Xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi prezidenti Ha Il-Soo bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bir qator muhim masalalar bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib borishga kelishildi.
Xususan, Koreya tomoni Farmasevtika Texnika universiteti xodimlarining 2025-2026 va undan keyingi o‘quv yilida grant dasturlari asosida bakalavriat, magistratura hamda aspiranturada o‘qib kelishini ta’minlash borasida hamkorlik qilish istagini bildirdi.
Shu bilan birga, “Tashkent Pharma Park” klasteri hududida tashkil etilayotgan vivarium, klinik oldi sinovlar markazi hamda ilmiy-tadqiqot markazlarini KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlikda grant dasturi asosida jihozlash masalasi ham muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Koreya Xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi tashkilot hisoblanadi. Jamg‘arma faoliyati cog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u xorijiy mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha grant loyihalarini ilgari suradi.