O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Belarusga tashrifiga buyurdi

Joriy yil 20 iyun kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenkoning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Minsk shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan o‘rin egallagan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev tashrif doirasida Belorus Sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarussiya o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini kengaytirish, ikki mamlakat dori vositalarining ro‘yxatga olish tartiblari, biotexnologik yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish mavzularida fikr almashildi.

Belarus O‘zbekistonning ishonchli savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar o‘sdi. Bunda bir necha yil ichida qo‘shma korxonalar soni uch barobar ortgani muhim omil bo‘ldi.

Muzokara yakunida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech