O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi
17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi
Afg‘onistonga tashrif buyurdi
Tashrif doirasida Qobul shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Bosh vazirning ma’muriy
masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, Bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va Tashqi
ishlar vaziri Amir Xon Mutakiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi O‘zbekiston-Afg‘oniston
biznes forumi hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Uchrashuvda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda 10 ga yaqin mahalliy korxona vakillari
o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarning farmatsevtika, charm-poyabzal
mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektrotexnika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi, metallurgiya,
neft-kimyo va boshqa ko‘plab turdagi tayyor mahsulotlari namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni ish boshlagan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi 21 avgustga qadar davom etadi.