O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Xitoyning o‘zaro manfaatli hamkorligi davom etadi.

Ma’lumki, joriy yil 18-19 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi. “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda ishtiroki doirasida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Xitoy ishbilarmonlari ishtirokida Biznes forum tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidentining tashrifi doirasida qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlari ham muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.
Sammitda shuningdek, Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ham faol ishtirok etishdi. Jumladan; “HaemaTech” XK MCHJ, “TENT HOUSE GROUP” kompaniyasi, “Botanic Herbs” MCHJ rahbar va mutaxasisslaridir. Forum doirasida “Botanic Herbs” MCHJ hamda Xitoyning “Xinjiang Tianshang Pharmaceutical Industry Co., Ltd o‘rtasida
100 mln. AQSH dollarlik memorandum imzolandi. Loyiha ishga tushishi natijasida suvsiz 20 ming gektar maydonda to‘liq eksportbop mahsulot yetishtirilib, mavsumiy 5000 ta doimiy 1000 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, Xitoyniing Sian shahrida O‘zbekiston Xitoy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Qo‘rgazma doirasida 10 dan ortiq tadbirkorlar 200 dan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada Xitoy davlatida talab yuqori bo‘lgan O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar ko‘rgazmasi burchagi ham tashkil etildi. Ko‘rgazma doirasida ham Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bilan xitoylik tadbirkorlar o‘rtasida memorandum, kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, Xitoyning “Haematech” korxonasi O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonasi qurish taklifini bildirdi. Undan tashqari “China Meheco Group” Co., Ltd korxonasi ham Zangiota tumanida joylashgan Farm Klaster hududidan ishlab chiqarish korxonasi qurishga kelishib olindi.
Xitoylik tadbirkorlar tomonidan 228 ta 546 mln. dollarlik loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, sohada yana 20 ta 1034 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech