"O‘zbekistonda farmakonazorat tizimini takomillashtirish" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 20 iyun sanasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "O‘zbekistonda farmakonazorat tizimini takomillashtirish" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov Marokashning Farmokologik nazorat markazi va JSTT hamkorlik markazi direktori, professor Rashida Suleymani shuningdek, Farmakanazorat guruhi farmatsevti Gita Benabdulloh hamda Farmako-toksikologiya bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot fanlari nomzodi Doktor Huda Sefianilar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati