Amerika-O‘zbekiston farmatsevtika sammiti ishtirokchilari USP laboratoriyalarida
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi USP Bosh ijrochi direktori Ronald Pyervinchensi boshchiligidagi AQSH Farmakopeya Konvensiyasi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Qizg‘in muloqot chog‘i O‘zbekiston Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov milliy farmakopeyamizning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi. Tomonlar hamkorlik borasida memorandum imzolagan holda O‘zbekiston Davlat farmakopeyasining ikkinchi va uchinchi jildlari ustida birgalikda ish olib borishga kelishib olishgan uchrashuvdan so‘ng agentlik mutaxassislari USPning zamonaviy laboratoriyalarini ko‘zdan kechirishdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmatia