O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qashqadaryo viloyatida yana bir yangi farmatsevtika zavodi ishga tushish arafasida

2021 yilning 31 avgust sanasida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida galen dori vositalari ishlab chiqaruvchi "TRAST MED-FARM" xususiy korxonasi faoliyat boshlagani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning sentyabr oyida Qashqadaryoda yana bir yangi farmatsevtika zavodi ishga tushishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi sanoat zonasida joylashgan “Modern Galen farm” MCHJ tomonidan yillik ishlab chiqarish quvvati 11,5 mln dona bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari (spirt, menovazin, glitserin, perekis vodorod, qizilmiya siropi, yod, brilliant ko‘ki (zelyonka), bornaya kislota va kamfornoye maslo) ishlab chiqarish loyihasi shu yil sentyabr oyida ishga tushishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, loyihaning qiymati 760 ming AQSH dollari bo‘lib shundan 140 ming AQSH dollar o‘z mablag‘i, 620 ming AQSH dollar bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda barcha zurur asbob-uskunalar Xitoy davlatidan korxonaga olib kelingan bo‘lib, o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joiz, loyihani amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech