O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qashqadaryolik tadbirkor “Gulxayri” dorivor o‘simligini Yevropaga eksport qilmoqda

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Chim mahalla fuqarolar yig‘inida farmatsevtika va tibbiyot sohasida keng foydalaniladigan dorivor “Gulxayri” o‘simligi aholi tomorqalarida ekilib, hozirgi kunda mazkur dorivor o‘simlik gulini terib olish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 11 avgust kuni Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi xodimlari o‘z xonadonida dorivor “Gulxayri” o‘simligini yetishtirishni yo‘lga quygan Baxtiyor Ibragimov xonadonida bo‘lishdi.

Tashrif davomida, tadbirkor har 1 sotix yerdan 3,5 mln so‘mgacha daromad olayotganiligi va nafaqat o‘z oilasi balki tumandoshlarini ham ish bilan taʼminlaganligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joiz, Qamashi tumanida dorivor “Gulxayri” o‘simligini yetishtirishni yo‘lga quyilishi natijasida 2,5 mingdan ziyod aholi bandligi taʼminlangan. Hozirgi kunda dorivor gulxayri o‘simligining gullari Yevropa davlatlariga jumladan, Shvetsariya va Polshaga eksport qilinmoqda. Hozirgi kungacha 500 ming yevroga mahsulot sotilgan.

Maʼlumot o‘rnida, “Gulxayri” qadim zamonlardan beri shifobaxsh o‘simlik sifatida ishlatilib kelinadi. Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urug‘laridan tayyorlangan damlama bilan yo‘tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko‘krakni yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi omil sifatida tavsiya etgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech