"RADIKS" investitsiya kelishuviga erishdi
"RADIKS" investitsiya kelishuviga erishdi
Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi va "RADIKS" dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o‘rtasida investitsiya kelishuvi imzolandi.
Kelishuvga ko'ra "RADIKS” dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o'z faoliyatini kengaytirish maqsadida “Toshkent Farma Park” Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtik klasteri hududida yangi korxonani ishga tushirib, ineksiya, infuzion eritmalar, steril antibiotiklar, tabletkalar, kapsulalar, shamlar, shuningdek, inson insulini ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarish va buning natijasida 400 ta ish o'rinlarini yaratishni rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Korxona o'z faoliyatini 2002 yilda boshlagan. Bugungi kunda korxonada 650 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonada 7 ta asosiy ishlab chiqarish tabletka, galen, malham, infuzion, ineksiya, quruq antibiotiklarni tarqatish syexi, bo‘'sh ampulalar ishlab chiqarish tsexi mavjud.