O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kuni kecha Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi vakillari hukumat delegatsiyasi tarkibida Koreya Respublikasida boʻlib qaytdi.

Kuni kecha Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi vakillari hukumat delegatsiyasi tarkibida Koreya Respublikasida boʻlib qaytdi.

Tashrifning ilk kunida 1996-yilda asos solingan “NCG Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Qurilmalarni loyihalashtirish borasida yetakchilardan boʻlgan mazkur kompaniya farmatsevtik investitsion loyihalar bilan ham shugʻullanib, uchrashuv chogʻi yurtimizda shunday loyihalardan birini ishga tushirish borasida muzokaralar oʻtkazildi. Natijada kompaniya vakillari joriy yil oktyabrida shifobaxsh jenshen oʻsimligini qayta ishlash loyihasini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan boʻldi.

Tashrifning ikkinchi kuni biznec-forum yakuniga koʻra “Bookook Securities Co.” hamda “K&U Investment and Consulting” moliyaviy-investitsion kompaniyalari, tibbiy uskunalarni ishlab chiqaruvchi “With Global” korxonasi, biotexnologiyalar sohasida, fizik, kimyoviy hamda tibbiy uskunalar borasida izlanishlar olib boruvchi “World Science” kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi. Hamkorlik shartlari, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri va erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy kompaniyalarga yaratilgan preferensiya va imtiyozlar bilan tanishib chiqqan xorij tomoni istiqboldagi hamkorlik uchun Oʻzbekistonda marketing tadqiqotlarini oʻtkazishga qaror qildi.

Shuningdek, Koreya Eksport-import banki (KEXIM) hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamgʻarmasi (EDCF) vakillari bilan ham uchrashuv tashkillashtirilib, unda “Tashkent Pharma Park” qurilish loyihasini detallashtirish uchun konsultantlar tayinlashni tezlashtirish, loyiha ikkinchi bosqichiga konsultantlarni saralash uchun texnik vazifani ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech