O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati vakillari biznes missiya bilan AQSHga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi ekspertlar guruhi AQSHning Rokvill shahrida USAID vakillari bilan uchrashdilar.

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligining qator xodimlari, xususan PQM+ loyihasi mutaxassislari bilan bo‘lgan uchrashuvda mahalliy farmkorxonalarning xalqaro GMP standartlariga muvofiq faoliyat yuritishiga erishish, tibbiy buyumlar laboratoriyalari, metrologiya laboratoriyalari uchun texnik yordam, farmatsevtika va menejment sohalaridagi taʼlimga oid hamkorlik kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston farmatsevtika sanoati kadrlarini tayyorlashda o‘zaro tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech