Samsung kompaniyasi dunyodagi eng katta farmasevtika zavodini qurish uchun 2 mlrd dollar sarflaydi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining farmatsevtika sohasidagi biznesini kengaytirishda davom etadi. Kompaniya dunyodagi eng katta farmatsevtika zavodi bo‘ladigan korxonani qurish uchun 2 milliard dollar investitsiya kiritadi. Qurilish ishlarini 2022 yilda yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Daryo” nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, kompaniya koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq sohalardagi o‘zgarishlar sababli biologik dori vositalari bozorida rivojlanishni ko‘zlamoqda.
Super Plant nomini olgan zavod Samsung kompaniyasining biofarmatsevtik bo‘limi bo‘lgan Samsung BioLogics Co., kompaniyasining to‘rtinchi zavodi bo‘ladi. Uning maydoni taxminan 230 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shu tariqa zavod kompaniyaning mavjud uchta zavodining umumiy hududidan kattaroq maydonni egallaydi va hatto o‘lchami jihatdan Parijdagi Luvr muzeyidan biroz katta bo‘ladi.
Samsung kompaniyasining maqsadi — COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan talab o‘sishidan foydalanib qolish. Samsung BioLogics dunyodagi eng yirik farmatsevtik kompaniyalar uchun preparatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Samsung BioLogics rahbarining maʼlum qilishicha, dastlab zavodning ancha kichik bo‘lishi rejalashtirilgandi, biroq koronavirus pandemiyasi mahsulotlarning yangi turi — COVID-19‘ni davolash uchun vositalarni yaratdi hamda dori yaratuvchilar va hukumatlarni yangi ishlab chiqarish manbalarini izlashga chorladi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati