Sanderlend universiteti vakillari Agentlikda
Sanderlend universiteti vakillari Agentlikda
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Buyuk Britaniyaning Sanderlend universiteti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Sanderlend universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori professor Abigeyl Moriarti, xalqaro rivojlanish bo'limi boshlig'i Jemi Simpson va millatlararo ta'lim mutaxassisi Juli Peskod ishtirok etdilar.
Kun tartibida “Tashkent Pharma Park” klasteri hududida Farmatsevtika texnik universiteti faoliyati uchun yaratiladigan sharoitlar va moddiy-texnik ta’minot, biotexnologiya va biotibbiyot yo‘nalishlarida xalqaro ta’lim sifaitini ta’minlash, dori vositalarini yaratish va ishlab chiqish doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish hamda Sanderlend universiteti professorlari va mutaxassislarini ta’lim jarayoni va ilmiy izlanishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.