O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Saudiya Arabistonidagi “Jamjum Farma” yirik farmatsevtika korxonasi O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Shu kunlarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonidagi ishbilarmonlar bilan biznes uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Bundan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 12 aprel kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishning 34 sonli bayonining 6 bandi ijrosini taʼminlash, yirik xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazib, 10 ta yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalar (brendini) mamlakatimizga jalb qilish, joriy yil yakuniga qadar farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari eksportini 150 mln dollarga yetkazishdan iborat.

Tashrif doirasida agentlik vakillari Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi — "Jamjum farma" korxonasi taʼsischilari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika sanoatidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashilindi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov xorij ishbilarmonlariga O‘zbekistonning investitsiya jozibordorligi yuzasidan atroflicha axborot berildi. Jumladan, mamlakatimizdagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarda yangi investorlar uchun qator imtiyozlar berilishi, ularning faoliyatini rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratilganligi haqida gapirib, davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidladi. Tadbir davomida o‘tkazilgan "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri loyihasi taqdimoti ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolaridan biri, "Aziya Immunopreparat" rahbari Mirkamol Mirsaliyev "Jamjum Farma" korxonasi rahbari, janob Mahmud Jamjum bilan yurtimizda shartnoma asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni va ular eksportini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik kelishuvini imzolash masalasini muhokama qilishdi.

“Jamjum Farma” korxonasi vakillari O‘zbekistonga sarmoya kiritish imkoniyatiga qiziqish bildirishib, yaqin kelajakda birgalikda hamkorlik qilish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech