O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Sharq tabobati” institutining bugungi holati o‘rganildi.

“Sharq tabobati” institutining bugungi holati o‘rganildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Samarqand viloyatida joylashgan “Sharq tabobati” institutining bugungi holati bilan tanishdi. Institut rahbariyati va xodimlari bilan muammolar, ularni bartaraf etish choralari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha suhbatlashildi.

Mazkur ilmiy-tadqiqot instituti Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tarkibiga kiruvchi ilmiy muassasalar qatorida bo‘lib, uning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari qimmatli va noyob dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va ularni yetishtirishning resurs tejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, dorivor o‘simlik resurslarini barpo qilish, dorivor o‘simlik resurslaridan substansiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Bu boradagi ishlarni kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Laborator faoliyatni yanada samarali tashkil etish, zamonaviy uskunalardan foydalanish imkoniyatini berish va zarur shart-sharoitlarni yaratish masalasi ko‘rib chiqildi. Agentlik direktori Abdulla Azizov mazkur holatni o‘rganib chiqib, institutning yangi binoda o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech