O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Shayana Farm" kompaniyasi "Tashkent Pharma Park" hududida zavod qurishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 14 fevral kuni "Tashkent Pharma Park" direksiyasi mutaxassislari va Hindistonning "Shayana Farm" kompaniyasi bosh direktori Ashok Kumar Tivari o‘rtasida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Aytish darkorki, O‘zbekistonga Hindistondan dori vositalarini yetkazib beruvchi mazkur yirik kompaniya yurtimizdagi faoliyatini 2002 yilda boshlagan.

Hozirda "Shayana Farm" kompaniyasi "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida infuzion va inyeksion preparatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslangan farmatsevtik zavod qurish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Muzokaralar chog‘i yangi zavod uchun yer ajratish mexanizmi, kommunikatsiyalarni o‘rnatish jarayoni, bularni amalga oshirish grafigi, shuningdek "Tashkent Pharma Park" klasteri ishtirokchisiga aylanish uchun qo‘yiladigan asosiy talablar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech