Shveytsariya farmasevtika kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi
Shveytsariya farmasevtika kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida direktor Abdulla Azizov va Shveysariyaning “Novartis Pharma Services AG” farmasevtika kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi.
“Novartis Pharma Services AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xristo Trunchev kompaniya faoliyati va maqsadlari bilan tanishtirib, distribyutorlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Agentlik direktori Abdulla Azizov mehmonlarga davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari, pudrat yoki in-bulk ko‘rinishidagi ishlab chiqarishda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.