O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni bilan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlangan.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Fazliddin Samigjonov kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyoti uchun va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga хizmat qilayotganligini alohida ta‘kidlab o'tdi.

Ushbu Farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga qatʼiy rioya etish yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi muhim chora-tadbirlar, unda belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari kabi mavzular yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek mazkur tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlari doktori Rahmonova Surayyo Mahmudovna va IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent Zokirjon Qodirovich Jabbarovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, yangi tahrirdagi konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega ekanligidan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida to'g'ridan to'g'ri va so'zsiz qo'llanilishi haqida to'xtalib o'tdilar.

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech