O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlikda “HYUNDAI CORPORATION” mutaxassislari bilan biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022 yilning 18 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda “Tashkent Pharma Park” Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri direksiyasi vakillarining “HYUNDAI CORPORATION” mutaxassislari bilan biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorijiy korporatsiyaning “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining o‘quv va ilmiy-tadqiqot komponentlarini yaratish loyihasining 2-bosqichi qurilishidagi ishtiroki xususida fikr almashildi.

Biznes hamkorlar tomonidan O‘zbekistondagi probiotiklarni ishlab chiqaruvchi ilg‘or farmatsevtika kompaniyalariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech