O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Turkmaniston farmatsevtika sohasi tadbirkorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston va Turkmaniston farmatsevtika sohasi tadbirkorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Farmatsevtika sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mustahkamlash va mahalliy mahsulotlar eksportini ko‘paytirish maqsadida 10-11-oktyabr kunlari Ashxobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Turkmaniston Respublikasi bilan farmatsevtika yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari kengayishi mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qiziqtirmoqda. Tadbirlar davomida O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlarining B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekistonning farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalari — “Fayz Kamfort Nur” XK, “Abu bakirxon savdo nur” XK, “Omad Azimsher Fayz” MChJ, “Maxamat ota” MChJ, “CENTOR FOR THE ORGANIZATION OF FERULA“ MChJ, “NIKA PHARM” MChJ, “Optima Sobirjon“ MChJ, “Dentafill Plyus” MChJ, “OKS MASSAGET” MChJ, “Uzgermed Pharm” QK MChJ, “ Fazo-luxe” MChJ, “Aziya imunopreparati“ MChJlar turkmanistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada 5,1 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech