O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Janubiy Koreya Farmatsevtika sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Janubiy Koreya Farmatsevtika sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.

2023-yil 1-noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati Janubiy Koreyaning “DKConsulting” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida agentlik direktori Abdulla Azizov Agentlikning asosiy vazifalari haqida so‘zlab, farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbollari, yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishtirdi hamda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati sarmoyaviy jozibadorligi haqida ma’lumot berdi.

“DKConsulting” boshqaruv direktori Chulsoo Kim mazkur kompaniya faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etdi. Kompaniya yiliga 5 mln tabletka ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan farmatsevtik korxonani O‘zbekiston hududida qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Ushbu loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirildi.

 Agentlik direktori “DKConsulting” kompaniyasiga Janubiy Koreyaning Top-5 farmatsevtik kompaniyalarini jalb qilish va loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni taklif etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech