O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari Minsk shahridagi Xalqaro ko‘rgazma forumida ishtirok etishdi

«Zdravooxraneniye Belarusi» xalqaro tibbiyot forumi 1994 yildan boshlab har yili Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida va boshqa manfaatdor davlat tashkilotlari, professional assotsiatsiyalar, biznes birlashmalari va tarmoq ekspertlari hamkorligida Minsk shahrida o‘tkazilib, keng ko‘lamli ekspozitsiya va katta ish dasturini o‘z ichiga oladi. Mazkur forum yangi yutuq va ishlanmalarni namoyish etish, sheriklar va salohiyatli mijozlar bilan uchrashish, malakali mutaxassislar va tibbiyot muassasalari maʼmuriyati bilan muloqot qilishda ushbu tadbirni o‘ta muhim deb hisoblagan Belarus Respublikasi va xorij davlatlaridan tashrif buyurgan ko‘plab ishtirokchilarni to‘rt asrdan ko‘p vaqt davomida jalb qilib kelmoqda.

Taʼkidlab o‘tish joizki, ko‘rgazmada «Nika pharm», «Zamona Rano», «.Asklepiy group», «Optima gloves» kabi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mushtarak ekspozitsiyalari taqdim etildi.

Elektron sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish masalalari muhokama qilinadigan «E-Health-sog‘liqni saqlash tizimining raqamli transformatsiyasi» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

“Zdravooxraneniye” forumining maqsadi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, milliy sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi va innovatsiyasi, mahalliy farmatsevtika sanoati va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech