O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Tashkent Pharma Park" hududida joylashgan Farmatsevtika texnika universitetiga qabul boshlandi

"Tashkent Pharma Park" hududida joylashgan ilm-fan va texnologiya integratsiyalashgan taʼlimga asoslangan Farmatsevtika texnika universitetiga qabul boshlandi.

Farmatsevtika texnik universiteti yangi tashkil etilgan universitet bo‘lib, Britaniyaning yetakchi akademik standartlariga muvofiq farmatsiya, tabiiy fanlar, kosmetika fanlari, texnologiya va sanoat menejmenti bo‘yicha bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Sanderlend universiteti va De Monfort universiteti bilan hamkorlikda, universitet farmatsiya fakulteti va tabiiy fanlar fakultetiga yangi talabalarni qabul qiladi.

Taʼkidlash joiz Farmatsevtika texnika universiteti bitiruvchilari Britaniya universitetlari diplomlariga ega bo‘lishadi.

Hozirda universitet 3 turdagi umumtaʼlim kurslarni taklif qiladi:

➖ Farmatsevtika fanlari umumtaʼlim kursi
➖ Biologik fanlar umumtaʼlim kursi
➖ Tabiiy fanlar umumtaʼlim kursi

Farmatsevtika texnika universiteti talabasi bo‘lish istagida bo‘lgan nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

➖ Nomzodlar o‘rta taʼlim maktab shahodatnomasi, litsey hamda kollej diplomlariga ega bo‘lishlari;
➖ Ingliz tili bo‘yicha mustahkam ko‘nikma bo‘lishi shuningdek, eng kamida 5.5 IELTS sertifikatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

O‘qish to‘liq ingliz tilida bo‘lib, Britaniya standartlariga muvofiq olib boriladi. Umumtaʼlim kurslarida o‘qish 2023-yil yanvar oyidan boshlanadi.

Talabalar qabuli rasman ochiq deb eʼlon qilingan. Arizalarni onlayn ravishda www.pharmatechuni.uz saytida to‘ldirishingiz mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech