“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri
22 iyulda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Prezidentning iqtisodiy rivojlanish
masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov, maslahatchi o‘rinbosari Galina Saidova, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari
Baxriddin Valiyev, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, shuningdek, mutasaddi idoralarning
ma’sullari va tadbirkorlari ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar taqdimoti
tanishtirildi. So‘ng, klasterining sanoat zonasida qurilayotgan 12 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan ularning bugungi kundagi holati,
ishlarning borishi, yaratiladigan ish o‘rinlari, o‘zlashtiriladigan investitsiyalar haqidagi ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, klasterdagi qurilish ishlari bo‘yicha muqaddam berilgan topshiriqlar ijrosi mutasaddi idoralarning ma’sullari va ijrochilar
tomonidan o‘rganilib, muhokama qilindi. Mavjud muammolarni tez fursatlarda qonuniy hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.
Uchrashuv so‘ngida, tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan yangi loyiha, qurilish obyekti joyiga chiqib o‘rganildi va qad rostlagan
omborxona binosi kamchiliklari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.