“Tashkent Pharma Park”da xorijlik mehmonlar
“Tashkent Pharma Park”da xorijlik mehmonlar
Innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bugungi zamon talabi. Bu jarayonni yo‘lga qo‘yish, aholining mazkur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Toshkent viloyatida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri bunyod etilayotganidan xabaringiz bor.
Mazkur klaster farmatsevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro taʼlim standartlari asosida va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni, farmatsevtika taʼlimining xalqaro ilmiy hamjamiyat tizimiga izchil integratsiyalashuvini taʼminlash va so‘zsiz respublikada farmatsevtika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mazkur klaster hududidagi obyektlar qurilishi davom etishi barobarida unga investitsiya kiritib, sanoat zonasida farmkorxonalarni tashkil etish ishlari ham davom etmoqda.
Xususan, AQSH farmkompaniyasi vakillarini mahalliy ishlab chiqarishga jalb etish maqsadida klasterning sanoat zonasi va Texnopark hududida olib borilayotgan ishlar hamda yaratilgan imtiyozlar haqida ma'lumot berildi va yaqindan tanishishdi.