O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Turkiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkillashtirildi

Turkiya davlatida ISO 10018:2020 “Sifat menejmenti tizimi. Xodimlarni jalb qilish bo‘yicha rahbarlik ko‘rsatmalari” va ISO 37002:2021 “Korrupsiya va noqonuniy faoliyat faktlari bo‘yicha xabarlarni boshqarish tizimlari. Rahbarlik ko‘rsatmalari” xalqaro standartlarini, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish borasidagi halqaro amaliyotning boshqa standartlarini joriy etish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Kurslarda O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya aʼzolari hamda Koplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati mutaxassislari qatnashib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.

Uning doirasida korrupsiya xavf-xatarlarini aniq baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun raqamli monitoring tizimini joriy qilish, korrupsiya xavfini baholash metodologiyasini ishlab chiqish, korrupsiya holatlari sodir etilishini oldindan aniqlashga yo‘naltirilgan tadbir va indikatorlar tizimini joriy qilish hamda ularga bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan ishtirokchilarning malakasi oshirildi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga Yevropa Ittifoqi tomonidan tan olingan turkiy namunadagi ISO 10018:2020 va ISO 37002:2021 halqaro standartlari bo‘yicha malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.

Taʼkidlab o‘tish joizki, o‘quv kurslari Turkiyaning “Universal Sertifisation” va O‘zbekiston Respublikasining “Triple Point Enqineerinq” kompaniyalari hamkorligida tashkil etildi. Xususan, Turkiyaning “Universal Sertifisation” kompaniyasi Yevropa standartlarini joriy qilish bo‘yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va o‘tkazuvchi, boshqaruv tizimlari, mahsulotlar sertifikatsiyasi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni sertifikatsiyalash bo‘yicha akkreditatsiyaga ega bo‘lgan vakolatli organi sifatida Turkiyaning Halqaro tan olingan akkreditatsiya o‘tkazuvchi Milliy agentligi (TURKAK) bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech