O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ukraina kompaniyalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 29 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ukraina kompaniyalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-sonli qaroriga asosan joriy etilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga o‘tish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ukraina kompaniyalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibiga o‘tish borasida keng qamrovli tushuntirish va maslahat ishlari olib borildi. Jumladan, Agentlik masʼullari tomonidan Ukraina davlatidagi favqulotda holat davrida majburiy raqamli markirovkalashga o‘tishda yuzaga kelayotgan muammolar eshitildi.

Shuningdek, korxonalar tomonidan raqamli markirovkalashni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 180 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berish tartiblari va boshqa masalalar atroflicha tushuntirildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech