O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Hindiston biznes forumi

Ayni paytda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiyaning

Hindistonga amaliy safari davom etmoqda.

Forumda, Hindistonning TIL HEALTH CARE, EESHA LIFE CARE PVT LTD, VACCINE WORLD PVT LTD, ANAX LABORATORIES, ABOKH CHEMICAL,

HETERO LABS kabi 20 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonning Hindistondagi favqulotda va muxtor elchisi Sardor Rustambayev so‘zga chiqib, mamlakatimiz haqida forum ishtirokchilariga

so‘zlab berdi.

Forum doirasida, delegatsiya a’zolari keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish

istiqbollarini muhokama qildi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori forumda nutq so‘zlab, O‘zbekiston farmatsevtika

sohasiga investitsiya kiritish afzalliklari, chet ellik investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida va "Tashkent Pharma Park" innovatsion

ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri haqida batafsil ma’lumot berdi.

So‘ng, delegatsiya a’zolari HETERO LABS LIMITED kompaniyasi zavodida bo‘ldilar. Kompaniya O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqishi

kattaligi va mahalliy ishlab chiqazuvchilar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech