O‘zbekiston – Ozarbayjon: Farmasevtika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida
O‘zbekiston – Ozarbayjon: Farmasevtika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida
Ozarbayjonda BMT Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi haftaligining 25 yilligiga bag‘ishlangan xalkaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston farmasevtikasining mahalliy ishlab chiqaruvchilari ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. Agentlik rahbari Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya turli farmasevtika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordilar.
Jumladan, Ozarbayjonning yetakchi distribyutor ishlab chiqarish kompaniyalari: AzeriMed, Zeytun, Avromed va O‘zbekistondagi As-Sunna, Techno Pharm, Dentafill, Dentals Pharma, Inan Medical kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon kompaniyalari O’zbekistondagi yuqori sifatga ega farmatsevtika sohasidagi ishlab chiqarish mahsulotlarga qiziqish bildirishmoqda, hamda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, rasmiy ochilishi joriy yilning 1 dekabriga mo'ljallangan Ozarbayjon hududidagi Oʻzbekiston savdo vakolatxonasi binosida ham uchrashuvlar boʻlib o'tdi. Uchrashuv davomida savdo vakolatxonasida O’zbekistonning farmacevtik maxsulotlar burchagi tashkillashtiriladigan bo’ldi
Xususan, joriy yil yakunida mahalliy ishlab chiqarish maydonlari bilan yaqindan tanishish va hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish maqsadida Ozarbayjon vakillarining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirildi.
Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, Ozarbayjon erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish agentligi hamda “Azpromo” eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda farmatsevtika sohasida hamkor loyihalarni amalga oshirish, jumladan, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Agentlik va Ozarbayjon Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tahlil ekspertiza markazi vakillari o‘rtasida ham uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida "Diamed", "Naftalan" va "Art Medical Management group" kompaniyalari ham ishtirok etishdi.