O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Oʻzbekiston vakillari birinchi Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumida ishtirok etdi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi “Birinchi Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumi”da ishtirok etish maqsadida Belarus Respublikasida boʻldi.

Forum doirasida Belarus davlatining “Belfarmprom” xolding boshqaruv kompaniyasi rahbariyati va Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktor maslahatchisi X.Gʻaniyeva boshchiligidagi delegatsiya vakillari uchrashdi.

Tashriflar davomida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va “Belfarmprom” xolding oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻshma korxona tashkil etish va texnologiyalar transferi masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya vakillari “Belmedpreparat" RUK, “Minskinterkaps”, “Ekzon” OAJ va boshqa qon preparatlari jumladan, albumin va ayrim qon omillari ishlab chiqarish texnologiyalari oʻrganiladigan korxonalar rahbariyati bilan uchrashdi.

Tadbir doirasida Belarus davlatining transfuziologiya markaziga tashrif amalga oshirilib, unda farmatsevtika sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, tibbiyot fanini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va prognozlari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari birinchi Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumining “Ayollar biznesda – Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisida ham ishtirok etdi.

Deklaratsiyaga koʻra, forum ishtirokchilari bir-biri bilan kesishmaydigan yoʻnalishlarda dori vositalari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech