O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qo‘shma Shtatlarda Birinchi Amerika-O‘zbekiston farmatsevtika sammiti o‘z ishini boshladi

Sammitni O‘zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Javlon Vahobov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Elchi janoblari o‘z nutqida O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha jabhalarida kuzatilayotgan rivojlanish, mamlakatning kun sayin ortib borayotgan salohiyati, jahon bozorida tutgan o‘rni va xalqaro hamkorlik masalalariga to‘xtaldi. Sammit ishtirokchilarini bunday tarixiy voqea bilan qutlagan Javlon Vahobov so‘z navbatini Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Yelena Songa berdi.

Yelena Son yig‘ilganlarni olqishlab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari bundan-da mustahkamlanishiga umid bildirdi. Va O‘zbekistonning tobora rivojlanib borayotgan farmatsevtika sohasi yutuqlarini tahsinga sazovor deb baholadi. So‘ng Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyev minbarga chiqdi va o‘z nutqida bu tarixiy voqeaning ahamiyati so‘zladi. Shuningdek, sammit ishtirokchilarini O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining yangi zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishtirib, mamlakatning aynan shu soha rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan islohotlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Farmakopeya Konvensiyasi (USP) vitse-prezidenti, PQM Plus – “Dori vositalari sifatini oshirish” dasturi direktori Jude Nwokike moderatorlik qilayotigan tadbir gibrid shaklda: onlayn va offlayn rejimda bo‘lib o‘tmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech