O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkentda hududlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Toshkentda hududlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-sonli “2023-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 12-15 dekabr kunlari Toshkent shahri “O‘zekspomarkaz” MKK AJda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 2023-yil 7-dekabrga qadar korxonangiz tomonidan stendlar maketlarini taqdim etishingizni va namoyish etadigan mahsulotlar ro‘yxatini ilovada keltirilgan jadvalga asosan to‘ldirib, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga (tel: 91 134-50-05; telegram: @hodjaOlim) taqdim etishingizni so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech