O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Vaksina o‘zi nima? Vaksinatsiya (emlash) – qildirish kerakmi?

Vaksina

Vaksina bu yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetni yaratish uchun mo‘ljallangan tibbiy preparat. Vaksina zaiflashgan yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlardan yoki ularning genetik muhandislik yoki kimyoviy vositalar yordamida olingan antigenalaridan tayyorlanadi.

Emlash tamoyillari

Emlash organizmda maʼlum xotira hujayralari paydo bo‘lishi orqali moslashuvchan immunitet reaksiyasini rag‘batlantiradi. Keyinchalik shu agent bilan infeksiyalanish tezkor immun reaksiyasini keltirib chiqaradi.

Tasniflash:

➖ Tirik vaksinalar. Jonli vaksinalar zararsiz zaiflashgan mikroorganizmlarning shtammlari asosida tayyorlanadi. Vaksinaning shtammlari emlangan inson tanasida ko‘payadi va emlash infeksiyasi jarayonini keltirib chiqaradi. Emlangan insonlarning aksariyatida emlash infeksiyasi aniq klinik belgilarsiz o‘tadi va barqaror immunitetning shakllanishiga olib keladi. Jonli vaksinalar qatoriga quyidagilar kiradi: qizilcha, qizamiq, poliomiyelit, sil kasalligi, tepkiga qarshi emlash vaksinalari.

➖ Korpuskulyar vaksinalar. Korpuskulyar vaksinalar zaiflashgan yoki o‘ldirilgan mikroblarni (virionlarni) o‘z ichiga oladi.

➖ Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar mikrobial hujayralardan olingan antigen tarkibiy qismlardan yaratiladi. Bunda, mikroorganizmning immunogen xususiyatlarini aniqlaydigan antigenlar ajratib olinadi.

➖ Rekombinant vaksinalar. Ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish uchun genetik muhandislik usullar qo‘llanilib, antigen ishlab chiqaradigan xamirturush hujayralariga mikroorganizmning genetik materiali kiritiladi. Xamirturushni o‘stirgandan so‘ng, kerakli antigen ajratib olinadi, so‘ng tozalanib vaksina tayyorlanadi. Bunday vaksinalarning misoli - gepatit B vaksinasi, shuningdek, odam papilloma virusiga qarshi vaksina.

Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги Матбуот хизмати

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech