Xabaringiz bor, sanoatni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadlarini ko‘zlovchi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining navbatdagisi 2-3 noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.

“Kimyo sanoati, charm-poyabzal, to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik va farmatsevtika” sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida boshqa sohalar qatori farmatsevtika sohasida foliyat olib boruvchi, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yakunida korxona, kompaniya va tashkilotlarning taqdimotlari turli nominatsiyalar bo‘yicha baholanib, faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Xususan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yarmarkaning "Eng faol ishtirokchi"si deb topildi hamda viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi.