O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xalqaro hamkorlik

Xabaringiz bor, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) AQSH Farmakopeyasi (US Pharmacopoeia) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan PQM+ (Dori vositalari sifatini oshirish Plyus) loyihasi doirasida O‘zbekistonda farmasevtika sanoati va tartibga solish tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning 7 mart kuni Agentlikda yirik tashkilotlar vakillari ishtirokida ushbu strategiya doirasida amalga oshirilgan situasion tahlil xulosalari va dastlabki tavsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Farmasevtika sanoatida ishlab chiqarishni rivojlantirish” mavzusidagi vorkshop ikkita slotda o‘tkazildi. Birinchisida Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Farmasevtika texnik universiteti, Toshkent Farmasevtika instituti, Asaka bank, Uzmedimpex kabi davlat idoralari vakillari qatnashgan bo‘lsa, ikkinchisida USAID, WHO, World Bank, UNICEF, IPOP singari tashkilotlar ishtirok etdi. Seminar chog‘ida bozor holati tahlil qilinib, 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan strategik ramkalar ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘ngida tashkilotlar vakillari strategiya borasidagi o‘z fikrlarini bildirishdi va keyingi qadamlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech